13:20 / 30.03.2017
9 089

O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi

O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi
50ta tez tibbiy yordam avtomobili mamlakatning ehtiyoji baland hududlariga berildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Joriy yilning 16 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzolagan edi.

Hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 2017 yilning o‘zida 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari xarid qilinishi ham belgilangan edi.

Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 50 dona "DAMAS" rusumidagi tez tibbiy yordam avtomobilari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga berildi.


Eslatib o‘tamiz, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish dasturiga ko‘ra, sohani rivojlantirish maqsadlariga 133263,7 mln so‘m va 32621,8 ming dollar yo‘naltirilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi