46 yoshli Noel va 41 yoshli Syu Redford oilalaridagi o‘g‘il va qiz farzandlar soni yozilgan suratni chop etib, so‘ngra sentyabrda yana bir farzandli bo‘lishlarini ma’lum qilishgan. Ular buning isboti sifatida homilaning ultratovush tadqiqotda (UZT) olingan suratini ilova qilishgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Suratdagi doskada juftlik 10 nafar o‘g‘il va 9 nafar qiz farzandga egaligi yozib qo‘yilgan.

29 mart kuni chop etilgan xabar 32 mingdan ko‘proq "layk" va o‘nlab tabrik bildirilgan izohlar to‘plagan. Ushbu oilaning sahifasi yangilanib borishini 250 mingga yaqin odam kuzatib boradi. Juftlik Instagram’da ham sahifaga ega. Unga 20 mingdan ko‘proq foydalanuvchi obuna bo‘lgan.


Serfarzand ayol to‘ng‘ich farzandiga 14 yoshida homilador bo‘lgan. O‘shanda o‘zi hali bola bo‘lgan Syu va Noel o‘zlari bir vaqtlar birovlar qo‘liga boqishga berilganlaridan kelib chiqib, bolani o‘zlarida qoldirishga qaror qilishgan. Ta’kidlanishicha, oila Noel egalik qiladigan nonvoyxonadan tushadigan daromadga kun kechiradi. Ular har hafta oziq-ovqat uchun 300 funt sterling (400 dollar) sarflaydilar.
Hozirda juftlikning to‘ng‘ich farzandi 27 yoshda. Ularning kenjatoy farzandlari 2016 yil iyulda dunyoga kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar