Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi "Mirbozor bozori" MChJ raisi va uning 12 nafar sherigini davlat mablag‘ini talon-toroj qilganligi uchun turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri suddagi manbaga asosan.
Narpay tumanidagi "Mirbozor bozori" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ravshan Turdiev qo‘l ostidagi xodimlaridan iborat jinoiy guruh tashkil etib noqonuniy moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullangan hamda davlat manfaatlariga o‘ta yirik miqdorda zarar etkazgan.
Milliy xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari R.Turdiev mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda 400ta do‘kon va 2 mingta peshtaxta ijarasi haqida soxta hujjatlar tayyorlaganini aniqlashdi. U mazkur hujjatlar orqali har oylik majburiy yig‘imlarning katta qismini yashirish va o‘zlashtirishga erishgan. Jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham kunlik to‘lovlarni yig‘ishda xuddi shu tarzda ish olib borishgan.
"Bozorning 2013-2015 yillardagi faoliyati tekshirilganida R.Turdiev boshchiligidagi jinoiy guruh tomonidan hujjatlar soxtalashtirilganligi va 1,52 milliard so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganligi, 787 million so‘mdan ortiq soliq yig‘imlari qasddan yashirilganligi aniqlandi. Bundan tashqari, bozor ma’muriyati mahalliy organlarning ruxsatisiz avtoturargoh tashkil etib, uning ortidan 142 million so‘m daromad qilgan", — dedi sud vakili Sputnik muxbiriga.
R.Turdiev sudda o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Sud hukm chiqarishda ayblanuvchilarning keltirilgan zararning bir qismini qoplaganligini inobatga oldi. Jinoiy guruh rahbari 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi hamda uch yil davomida rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum bo‘ldi. U eng kam ish haqining 310 baravari miqdorida jarima to‘lashga hukm qilindi.
Uning qo‘l ostidagi 12 nafar sheriklari ham uch yil davomida rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum bo‘ldilar, eng kam ish haqining 75dan 300 baravarigacha jarima to‘lashga hukm qilindilar va besh yarim yildan olti yarim yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum etildilar. Sud barcha sudlanuvchilar davlatga etkazilgan 1,46 milliard so‘mdan ortiq zararni jamoaviy holda to‘lashlari to‘g‘risida hukm chiqardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi