date

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi, ammo favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hodisaga juda tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etdi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 6 aprel kuni soat 18:45 da Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida avtobusda yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchi ekipajlar hodisa joyiga 6 daqiqada, 18:51 da yetib borishdi.

Qutqaruvchilarning yuqori tezkorligi sababli soat 18:55 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Bu favqulodda vaziyatning bartaraf etilishi, jamoat xavfsizligi va yo‘lovchilarning jismoniy salomatligini saqlab qolish uchun samarali xatti harakat ekanini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi