21:15 / 06.04.2017
8 373

Toshkent shahar IIBB: qidiruvdagi 28 jinoyatchi ushlandi

Toshkent shahar IIBB: qidiruvdagi 28 jinoyatchi ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan har haftaning payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani haqida xabar berganmiz. An’anaga ko‘ra, bu hafta ham Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hafta davomida olib borilgan ishlar yuzasidan OAV xodimlari ishtirokida brifing o‘tkazildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 mart kunidan 6 aprel kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mart oyining o‘zida fosh etilmay qolgan jinoyatlarning 116 tasi, hafta davomida esa 26 ta, shundan: 1 ta – qasddan og‘ir tan jarohati etkazish, 2 ta – bosqinchilik, 1 ta – talonchilik, 16 ta – o‘g‘irlik, 5 ta – firibgarlik va 1 ta – giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari issiq izidan fosh etildi.

Shuningdek, mart oyida 510 nafar, hafta davomida 28 nafar – qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

Ko‘cha va jamoat joylarida, xonadonlarda bosqinchilik, o‘g‘irlik va boshqa mulkiy turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida hafta davomida 41 ta xonadon va 21 ta ob’ekt qo‘riqlovga olindi. 62 ta ob’ektga avtonom signalizasiyalar, 65 ta ob’ektga 137 ta videokamera o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar IIBB: qidiruvdagi 28 jinoyatchi ushlandi