Ota chetga chiqish uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Byuroning Konimex tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor U.M.dan undiruvchi G.K. foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Qarzdor ishlash maqsadida chetga chiqmoqchiligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Qarzdorga ijro hujjatida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntririlgan.
Sud jarayonida undiruvchi da’vo arizasini ma’qullangan va da’vo qanoatlantirilib, davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan 5 yillik aliment pullarini oldindan undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida oldindan undirilishi belgilangan 145.000.000 so‘m aliment pullari undirib, qarzdorning chetga chiqishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.
Mazkur tadbirlar davom etmoqda.