date

Butunjahon rus tili festivalida buxorolik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi

Butunjahon rus tili festivalida buxorolik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi

Sankt-Peterburg shahrida 20-22 noyabr kunlar davomida Butunjahon rus tili va «Russkoe slovo» ruscha nutq VI festivali o‘tkazildi, Bu haqda «mytashkent.uz»ga asoslanib «kun.uz» xabar bermoqda. Festivalda O‘zbekiston nomidan qatnashgan buxorolik ishtirokchi Lyudmila Melnikova «ruscha nutq» yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.
«Hamma xohlovchilar» yo‘nalishida esa buxorolik Aziza Mirnazarova 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Festival «Russkiy mir» jamg‘armasi ko‘magida «Rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari xalqaro assosiasiyasi» va «Rossiya rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari jamoatchiligi» tomonidan tashkillashtirildi.
Festival tadbirlarida Rossiya va o‘nlab xorijiy mamlakatlardan kelgan 350 nafardan ziyod o‘quvchi-talabalar hamda rus tili madaniyati va adabiyoti ixlosmandlari o‘z mahoratlarini ramoyish etishdi.

Foto: mytashkent.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Butunjahon rus tili festivalida buxorolik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi