
12 aprel kuni soat 19.00da Sergeli tumanida Yangiyo‘l-Farhod bozori yo‘nalishida harakatlanuvchi №297 avtobus ishirokida YTH sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Uz24 sayti.
«Novosti Uzbekistana» xabariga ko‘ra, avtobusni boshqarib ketayotgan 32 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldagi to‘siqqa borib urilgan. Toshkent IIBB YHXBdan ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 nafar yo‘lovchi jabrlangan. Ular Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga etkazilgan. Haydovchining o‘zi jabrlanmangan.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar