12:34 / 14.04.2017
6 075

Biz ulg‘ayish bilan ovoramiz, biroq ularning keksayib borayotganini unutib qo‘yganmiz (Video)

Biz ulg‘ayish bilan ovoramiz, biroq ularning keksayib borayotganini unutib qo‘yganmiz (Video)
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan videorolik ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Xitoyliklar tomonidan suratga olingan bu videoda Jan Yulian ismli ayol va uning o‘z qiziga bo‘lgan cheksiz muhabbati hikoya qilinadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Film real voqeaga asoslangan bo‘lib, undagi holat juda ham ta’sirli aks ettirilgani ko‘pchilikning ko‘nglidan joy oldi.

63 yoshli ayol bir ko‘zi ko‘rmay qolgan bo‘lishiga qaramay, qizining tobi biroz yo‘qligini bilgach, unga mazali taom tayyorlab berish uchun yo‘lga tushadi. Yo‘l davomida u juda katta qiyinchiliklarga duch keladi: ikkita tog‘ orasidan o‘tib, daryo kechib, 28 kilometr masofa piyoda yuradi. To‘rt provinsiyadan o‘tadi, 36 soat davomida avtobusda kezadi. Hattoki, yo‘lda qizining uy manzilini yo‘qotib qo‘yadi. Biroq hech narsaga qaramay, farzandini izlashda davom etadi... Nima uchun? Bularning bari qiziga taom tayyorlab berish uchun edi...

Videoni tomosha qilar ekansiz, ko‘zingizga beixtiyor yosh kelishi yoki hech bo‘lmaganda qalbingiz o‘rtanishi aniq.

Dunyodagi eng mazali narsa - bu onalar pishirgan taom. Uyimizni yorug‘ qilib o‘tirgan ota-onalarimizni ardoqlab, ularga o‘z vaqtida e’tibor beraylik. Axir, bu hayot o‘tkinchi...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biz ulg‘ayish bilan ovoramiz, biroq ularning keksayib borayotganini unutib qo‘yganmiz (Video)