13:24 / 15.04.2017
8 901

MXX O‘zbekistonga soxta dollar olib kiruvchilar faoliyatiga chek qo‘ydi

MXX O‘zbekistonga soxta dollar olib kiruvchilar faoliyatiga chek qo‘ydi
Namangan viloyat Milliy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Turkiyadan O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali yirik miqdorda soxta dollar olib kiruvchilar faoliyatiga chek qo‘ydilar, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Navbatdagi soxta dollarlar partiyasini olib kirayotgan kurerni qo‘lga olish bo‘yicha operasiya Kosonsoy tumanining "Obod" postida o‘tkazildi. 40 yoshli Abdulhamid Xo‘jaev boshqaruvidagi "VAZ 2106" rusumli avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida avtomashinaning maxsus jihozlangan joyida soxta 19,4 ming dollar yashirib qo‘yilganligi aniqlandi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida haydovchi soxta pullarni hozirda Turkiyada yashovchi Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan, Qirg‘iziston fuqarosi Mansur Suvonovdan olganligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, M.Suvonov maishiy buyumlar qutilarining orasiga soxta dollarlar yashirib Turkiyadan O‘zbekistonga jo‘natib turgan. Xo‘jaev esa soxta pullarni respublika ichida tarqatish bilan shug‘ullangan.

"Abdulhamid Xo‘jaevning ko‘rsatmalari asosida uning tanishi Islomxon Saidovning uyi ko‘zdan kechirilganida bu erdan ikki dona 100 dollar qiymatidagi soxta pullar topildi", — dedi MXX vakili.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1996 va 2006 yil namunasidagi 196 dona yuz dollarlik kupyura soxta deb topildi. Mutaxassislarning fikricha, bu pullar maxsus klishe yordamida yuqori texnologiyalar asosida tayyorlangan. Dollarlar shuningdek haqiqiy pul bilan deyarli bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan.

A.Xo‘jaev va I.Saidovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoiy guruh rahbari Mansur Suvonov respublika hududiga soxta dollar olib kirish bo‘yicha qator holatlarga aloqador bo‘lib chiqdi. Shu yilning yanvarida Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari uning o‘g‘li J.Umarovni Istanbuldan jo‘natilgan soxta 56 ming dollar pul bilan qo‘lga olishgan.

Shuningdek, joriy yilning fevralida Namangan viloyat IIB M.Suvonovning jiyani J.Ergashxonovga nisbatan soxta dollar tarqatish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX O‘zbekistonga soxta dollar olib kiruvchilar faoliyatiga chek qo‘ydi