
2017 yil 11 aprel kuni bahor mavsumining so‘nggi – Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha ketgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar umra arkonlarini to‘liq bajarib, sog‘-salomat qaytib keldilar, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“Toshkent” aeroportida bahorgi mavsumdagi ziyoratchilarning so‘nggi guruhi din ishlari bo‘yicha Qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va o‘z yaqinlari tomonidan kutib olindi.
Joriy yilda “Umra. Bahor-2017” dasturi doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30 ta charter reysi amalga oshirildi hamda 5 500 nafar ziyoratchi umra amallarini bajardi.
Bu yilning 13-29 iyun kunlari ham Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “Yoz-2017” yozgi mavsumi dasturi doirasida 6 ta charter reysni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar