
Bugun, 19 aprel kuni Moskvadan Farg‘onaga uchayotgan samolyot Samara shahridagi Kurumoch aeroportiga shoshilinch qo‘ndi, deb yozadi Qalampir.uz.
Kuybishev transport prokurori yordamchisi Maksim Voroshilovning xabar berishicha, samolyotdagi yo‘lovchilardan biri O‘zbekiston fuqarosi 37 yoshli homilador ayolning vaqtdan oldin to‘lg‘oq dardi tutgan.
Ayolni reysdan tushirib, Samara klinikalaridan biriga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan. Samolyot Farg‘onaga uchib ketgan.
Shifoxonada ayolga tez yordam ko‘rsatilgan, hali bola tug‘ilgani yo‘q, deyiladi xabarda.
Avvalroq Konakridan Istanbul shahriga uchayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti bortida chaqaloq dunyoga kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.