21:59 / 20.04.2017
6 837

20 aprelning yirik avtohalokatlari

20 aprelning yirik avtohalokatlari
Eronda yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Transport vositasining ag‘darilib ketishi natijasida 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Umumiy hisobda avtobus ichida 30 kishi bo‘lgan. “Salam News” agentligining xabariga ko‘ra, avtobus Mashhad shahridan Isfahon shahri tomon harakatlanayotgan edi. Hozircha avtohalokat sababi aniqlanmadi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, avtobus oldida harakatlangan yuk mashinasining kutilmaganda burilishi halokatga sabab bo‘lishi mumkin.
 
Xitoyning Shandun provinsiyasida xarsangtoshlar ortilgan yuk mashinasining ag‘darilishi 3 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Avtohalokat tunda sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi yo‘l to‘sig‘iga urilib, ag‘darilib ketgan. Shundan so‘ng, mashinadagi xarsangtoshlar yo‘l chetidagi vaqtinchalik turar-joy ustiga qulashni boshlagan. Bu vaqtda uy ichida 9 nafar ishchi bor edi. Ularning 3 nafari vafot etgan, 6 nafari esa yaralangan.
 
Uralda Daewoo Nexia va “UAZ” avtomobillari to‘qnashuvi yuz berdi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu avtohalokat sabab har ikkala transport vositalarining haydovchilari, shuningdek, yana 3 yo‘lovchi tan jarohati olishgan. 

Manba: qalampir.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 aprelning yirik avtohalokatlari