22:03 / 20.04.2017
16 805

Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi
Toshkent shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda “Qalampir.uz” manbasi saytimizga axborot berganidan so‘ng, to‘liq ma’lumot olish maqsadida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Xayrullaevich Abdurahimovga murojaat qildik.
 
Prokuror o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 6 aprel kuni sodir bo‘lgan. Tasdiqlanishicha, Toshkent shahar Olmazor tumani 196-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ygan.
 
Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan shaxs ruhiy kasal edi. Unda autizm kasalligiga moyillik bo‘lgani aytiladi.
 
Ayni damda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
 
Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, marhum 196-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanida 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun istisoslashgan maktabda tahsil olgan. Uning imkoniyati cheklangan bolalar maktabidan umumiy o‘rta ta’limga qanday qilib o‘tib qolgani hozircha noma’lum. Prokurorning ta’kidlashicha, o‘quvchi doimiy ravishda maktab psixologi nazoratida bo‘lgan.
 
Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning o‘n ikki oyi davomida Toshkent shahrida voyaga etmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlangan. 2017 yilning birinchi choragida esa 2 ta holat qayd etilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa voyaga etmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq holat 5 tani tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 129-sonli buyrug‘iga asosan, voyaga etmaganlarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq holatlarning har biri nazoratga olinib, Bosh prokuraturaga zudlik bilan maxsus xabarnoma jo‘natiladi. 

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi