Zaryadlanayotgan elektromobil Denovda to‘satdan yonib ketdi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida zaryadlanayotgan elektromobil yonib ketdi. Hodisa 26 may kuni “Bog‘ishamol” mahallasi hududida sodir bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, soat 16:22 da 112 tizimi orqali fuqaroga tegishli Leapmotor C11 rusumli elektromobil elektr quvvatlash shoxobchasida turgan vaqtda to‘satdan yongani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng hodisa joyiga qutqaruvchilar zudlik bilan yetib borgan. Ikki ekipaj ishtirokida yong‘in qisqa vaqt ichida qurshab olinib, to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing