date

Navoiylik YPX xodimi pora olishdan bosh tortib, katta mukofot puli oldi

Navoiy viloyati Karmana tumanida xizmat vazifasini halol bajargan YPX xodimi davlat tomonidan rag‘batlantirildi. Ma’lum qilinishicha, 7 aprel kuni YPX xodimlari Samarqand — Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti avtomobilini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi transport vositasini mast holatda boshqargani aniqlangan.

Shundan so‘ng haydovchining otasi qoidabuzarlik bo‘yicha hujjatlarni sudga taqdim etmaslik va avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga inspektorga 1000 dollar pora taklif qilgan. Biroq YPX xodimi bu noqonuniy taklifni qabul qilmay, holat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro inspektorga 1000 dollar pora berishga urinayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari boshlandi.

Kapitan Sherbek Turxonov poradan bosh tortgani va xizmat burchiga sadoqat ko‘rsatgani uchun davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 12 million 360 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qisqasi, Karmanada YPX xodimi qonunni pulga almashtirmadi va halol xizmat namunasini ko‘rsatdi. Bu holat yana bir bor shuni eslatadi: pora bergan ham, pora olgan ham javobgar. Halollik esa ba’zan eng yaxshi “bonus”ni ham olib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiylik YPX xodimi pora olishdan bosh tortib, katta mukofot puli oldi