Toshkentdagi bekatda 32 yoshli erkak o‘lik holda topildi

Toshkent shahrida 32 yoshli erkakning jasadi jamoat transporti bekati hududidan topildi. Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 25 iyul kuni taxminan soat 15:00 larda Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. vafot etgan holda aniqlangan.
Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasida o‘limga bo‘yin qismidagi siqilish natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, marhum tanasida boshqa tashqi tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hodisa yuzasidan zarur protsessual harakatlar amalga oshirilib, marhumning yaqinlari so‘roq qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bankdan olingan qarz majburiyatlariga ega bo‘lgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.






























Izohlar 0
…