2017 yil 20 aprel kuni soat 13:35 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismiga tezkor xabar kelib tushdi.
Unga ko‘ra, Oltinko‘l tumani “Xasan-Xusan” mahalla fuqarolari yig‘ini “Shodlik” ko‘chasi 69 uyda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shu tumandagi Agro iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi Ikromov Orifjon Ulug‘bekovich Qoradaryoda cho‘milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo‘lgani sababli, daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor xabarga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Aripov boshchiligidagi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Holdan toygan fuqaro Ikromov Orifjon zudlik bilan qutqaruvchilar tomonidan qutqarib oldindi va unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Orifjonning oila a’zolari qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi