Toshkent metrosida yo‘lovchining power banki issiq havo sababli portlab ketdi

Toshkent metrosida yo‘lovchining power banki issiq havo sababli portlab ketdi

Toshkent metrosining Do‘stlik–Sergeli yo‘nalishida yo‘lovchiga tegishli power bank bilan bog‘liq holat yuz berdi. Voqea 7 iyun kuni ertalab soat 9:15 atrofida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmada texnik nosozlik yuzaga kelib, undan tutun chiqa boshlagan. Shundan so‘ng power bank vagon poliga tashlangan.

Metro xodimlari vaziyatni tezda nazoratga olib, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan. Hodisa aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar power bank va boshqa quvvatlovchi qurilmalarni issiq joyda qoldirmaslik, shikastlangan yoki sifatsiz qurilmalardan foydalanmaslikni tavsiya etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar