Qarzdorni topishga sobiq turmush o‘rtog‘i yordamlashdi

Qarzdorni topishga sobiq turmush o‘rtog‘i yordamlashdi

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi tomonidan qidiruvdagi shaxslar va mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan qarzdor deb topilgan 288 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Joriy yilning o‘tgan davrida, 96 nafar qidiruvdagi shaxslar topilib, keyingi ijro harakatlari amalga oshirildi.

Birgina, may oyida qidiruvdagi 8 nafar shaxslar topilib, davlat ijrochilari ixtiyoriga yuborildi. Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.O.dan undiruvchi R.M.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro hujjati Byuroning Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Biroq qarzdorni yashash manzilidan topishning imkoni bo‘lmaganligi sababli qidiruv e’lon qilingan.

Shundan so‘ng, qarzdorning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lgan suhbatda, qarzdor yashab kelayotgan manzili haqida ma’lumotlar olindi va Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, qarzdor Hazorasp tumanidagi shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘ining xonadonidan topildi.

Uning alimentdan qarzi 01.06.2026 yil holatiga 34,4 mln so‘m ekanligi aniqlandi.

Qarzdor S.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqala’a tumani sudining qaroriga asosan qarzdor S.O.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar