Qidiruvdagi BYD SONG PLUS avtotransport vositasi topildi

Qidiruvdagi BYD SONG PLUS avtotransport vositasi topildi

Majburiy ijro byurosining Xatirchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash, ayniqsa davlat budjetiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Byuroning Xatirchi tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga asosan, qarzdor «Karim polvon» fermer xo‘jaligining 19 ta ijro hujjati bo‘yicha 275 mln. 266 ming so‘m soliq qarzi yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan BYD SONG PLUS avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv shu’basi xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida qidiruvdagi avtomashina fermer xo‘jaligining qushimcha binosidan topilib, davlat ijrochisi tomonidan avtomobil tegishli tarzda rasmiylashtirilib, xatlangan holda jarima maydoniga joylashtirildi.

Agar qarzdorlik qisqa fursatda qoplanmasa, avtomashina qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilishi haqida qarzdor rasman ogohlantirildi.

Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar