Andijonda kam uchraydigan holat: 4 nafar egizak tug‘ildi

Andijon viloyatida shifokorlar yana bir quvonchli voqeaga guvoh bo‘ldi. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialida bir yo‘la 4 nafar egizak chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Odinaxon Muhammadjonova joriy yilning 2 iyun kuni ko‘p homilali homiladorlik tashxisi bilan mazkur tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Bir necha kundan so‘ng unga muddatidan oldingi tug‘uruq tashxisi qo‘yilib, kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan.
Tug‘uruq jarayoni filialning tajribali akusher-ginekologlari, neonatologlari hamda reanimatologlari ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
— birinchi chaqaloq o‘g‘il bo‘lib, vazni 2415 gramm, bo‘yi 44 santimetr;
— ikkinchi chaqaloq o‘g‘il bo‘lib, vazni 1730 gramm, bo‘yi 37 santimetr;
— uchinchi chaqaloq o‘g‘il bo‘lib, vazni 2405 gramm, bo‘yi 44 santimetr;
— to‘rtinchi chaqaloq qiz bo‘lib, vazni 1885 gramm, bo‘yi 39 santimetrni tashkil etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi. Ular malakali tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur tibbiy parvarish bilan ta’minlanmoqda.





























Izohlar 0
…