Qariyb 900 mln so‘mlik kafolatlanmagan dorilar musodara qilindi

Qariyb 900 mln so‘mlik kafolatlanmagan dorilar musodara qilindi
Qisqacha

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida sifatsiz hamda kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi dorixonadan 452 million so‘mlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 1 011 turdagi dori vositalari topildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida sifat kafolati bo‘lmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘ydi.

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi dorixonada umumiy qiymati 452 million so‘mlik, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 1 011 turdagi dori vositalari savdoga qo‘yilgani aniqlandi.

Toshkent shahri Yangihayot tumanida esa “Tetsentrik” nomli dori vositasi shifokor retseptisiz 9 150 AQSH dollariga sotilayotgan vaqtda holat fosh etildi. Tekshiruvda 309,3 million so‘mlik sifatsiz va muddati o‘tgan dorilar ham topilgan.

Shuningdek, dori qadoqlash sexida ro‘yxatdan o‘tmagan, sertifikatsiz va yaroqlilik muddati tugagan 139,4 million so‘mlik mahsulotlar saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar