Qashqadaryoda 3 yoshli bola issiq mashina ichida qolib halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat bog‘chada 3 yoshli tarbiyalanuvchi transport vositasida unutib qoldirilishi oqibatida vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, fojiali holat 4 iyun kuni "Zafar" mahallasi hududida sodir bo‘lgan va bola issiq havoda mashina ichida qolib ketgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 3 yoshli tarbiyalanuvchi bog‘cha transportida unutib qoldirilishi oqibatida vafot etdi.
Makttabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 4 iyun kuni tumandagi "Zafar" mahallasi hududida joylashgan oilaviy nodavlat bog‘chada sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola issiq havoda avtomobil ichida qolib ketgan. Oqibatda u fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda voqea sabablari va mas’ul shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…