17:20 / 28.04.2017
8 498

MXX 2 mln 700 ming dollarning noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi

MXX 2 mln 700 ming dollarning noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati respublikadan xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2016 yilda 2 mln 718 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta chet elga noqonuniy olib chiqilishi vaqtida to‘xtatib qolingan.

Bundan tashqari, MXX Matbuot markazi katta xodimi Lola Yo‘ldoshevaning so‘zlariga ko‘ra, 6 220 evro, 1 mln 887 ming rubl (33 000 AQSh dollari)ning chegaradan noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Chegara qo‘shinlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirlardan biri 2016 yil 20 iyul kuni Namangan viloyati Chortoq tumani Qumrabod aholi punktida Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 2 mln 576 ming AQSh dollari va 18 ta valyuta bank kartochkasi o‘zbek chegarachilari naryadi tomonidan ushlab qolindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX 2 mln 700 ming dollarning noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi