Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yirik yong‘in yuz berdi (video)

Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yirik yong‘in yuz berdi (video)

13 iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joyning tashqi qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 10:21 da Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi — fasadi yonayotgani haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabar olinishi bilan qutqaruv bo‘linmalari tezkor ravishda hodisa joyiga yo‘l olgan va soat 10:23 da yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. Ayni vaqtda yong‘inni to‘liq o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, ko‘p qavatli uyda yashovchi barcha fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, vaziyat mutasaddi xizmatlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar