20 million so‘mlik aliment qarzi bor ota mehmonxonadan topildi

20 million so‘mlik aliment qarzi bor ota mehmonxonadan topildi

Jizzax viloyatida aliment to‘lovlaridan 20 million so‘mdan ortiq qarzi bo‘lgan fuqaro qidiruv tadbiri davomida topildi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi xodimlari qidiruvda bo‘lgan A.D.ni Jizzax shahridagi mehmonxonalardan birida aniqlagan.

Fuqaro ikki kishilik xona buyurtma qilib, kimnidir kutib turgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan.

Qayd etilishicha, u avval ham farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagani uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Hozirda qarzdor tegishli tartibda mas’ul bo‘limga topshirilgan va ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar