
AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni "ustomon, mug‘ombir" deb atadi.
"U juda yosh bo‘lganda hokimiyatni egallab olishi mumkin edi. Ko‘p odamlar, mening bunga ishonchim komil, undan bu hokimiyatni tortib olmoqchi bo‘lganlar. Bundaylar orasida uning amakisi yoki yana boshqa kimdirlar bo‘lgan. Biroq u hokimiyatni ushlab qololgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, u anchagina mug‘ombir", deb aytdi Tramp.
Tramp Shimoliy Koreyadagi vaziyat uzoq davom eta olmasligini va Shimoliy Koreya masalasi avvalgi ma’muriyat davridayoq hal qilinishi kerak bo‘lganini aytib o‘tdi.
Avvalroq senator Jon Makkeyn CNN telekanali efirida AQSh Shimoliy Koreyaga zarba berish imkoniyatini oxirgi navbatda ko‘rib chiqishi kerakligini, chunki bu zarba Shimoliy Koreya artilleriyasining Seulga zarba berishi va "qonli to‘qnashuvga " olib kelishi mumkinligini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar