Toshkentda avtobus piyodani urib ketdi: hodisa tafsilotlari ochiqlandi

Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir nafar piyoda tan jarohati olgan.

Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 21 iyun kuni kechki soat 21:00 atrofida Yakkasaroy tumani hududida ro‘y bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, 38-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan King Long rusumli avtobus Shota Rustavelli ko‘chasi bo‘ylab Janubiy vokzal yo‘nalishida ketib borayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli piyoda tartibga solinadigan o‘tish joyidan svetoforning taqiqlovchi signali yonib turgan paytda yugurib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Natijada avtobus piyodani urib yuborgan. Haydovchi zudlik bilan transport vositasini to‘xtatib, jabrlangan fuqaroga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rgan. Piyoda tez tibbiy yordam brigadasi orqali shifoxonaga yetkazilgan.

Hozircha jabrlanuvchining salomatligi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan yo‘l-transport hodisasi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lib, holat bo‘yicha mas’ul idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar