10 855
Olimlar arzon gazli ichimlik insoniyat uchun eng katta xavflardan biri ekanligini aytishmoqda
Gazli va shirin ichimliklar uchun narx-navoning muntazam tushirilishi insoniyatga tahdid qilayotgan eng katta xavflardan biri hisoblanadi, deb ta’kidlamoqdalar olimlar Preventing Chronic Disease jurnalida chop etilgan maqolada.
"Biz o‘rgangan barcha davlatlarda bugungi kunda odamlar 1990 yilda sotib olish mumkin bo‘lgan pulga 71 foiz ko‘proq gazli ichimlik sotib olishlari mumkinligi aniqlandi. Rivojlanayotgan davlatlarda ahvol yanada ayanchliroq – u erda bu ko‘rsatkich 89 foizni tashkil qiladi. Bundan gazli ichimliklar 2 martaga arzonlashib ketganini aytish mumkin", deb so‘zlamoqda Atlantadagi Saratonni o‘rganish Amerika jamiyati xodimi Jeffri Droup.
Oxirgi yillarda shifokorlar va parhezshunoslar gazli va shirin ichimliklar insoniyatga qanday zarar etkazishi mumkinligidan jiddiy xavotirlanmoqdalar. Ikki yil avval AQSh tadqiqotchilari shirin ichimliklarni haddan ko‘p iste’mol qilish har yili 184 ming kishining o‘limiga olib kelishini aniqlagandilar. Bunday holatlardan aksariyati Lotin Amerikasi davlatlari va AQShga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan yili Boston universiteti olimlari ta’kidlaganlaridek, bunday ichimliklarni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar AQShning 100 ta sog‘liqqni saqlash tashkilotida o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun katta mablag‘lar sarflaydilar, bu esa gazli ichimliklarga yuqori narx belgilashga va uning ishlab chiqarilishini kamaytirishga to‘sqinlik qiladi.
Droup va uning hamkasblari oxirgi 30 yil ichida 40 ta rivojlangan davlat va 42 ta uncha rivojlanmagan davlatda gazli ichimliklarga ega bo‘lish bilan bog‘liq vaziyat qanday o‘zgarganini aniqlashga urindilar. Ular bu maqsadda gazli ichimliklar va oddiy qadoqlangan suvning 1990 yildagi va hozirgi vaqtdagi narxlarini taqqoslashgan.
Aniqlanishicha, bu ikki ichimlikning narxlari hosil bo‘lishidagi tendensiya bir-biriga mutlaq qarama-qarshi kechgan. Barcha davlatlarda gazli ichimliklarga narx tushgan, suvga esa oshgan yoki avvalgidek qolgan. Natijada oddiy ichimlik suvi gazli ichimlikdan qimmatroqqa aylangan.
"Albatta, narxlarning tushishida iqtisodiy taraqqiyot va globallashuv ham o‘z so‘zini aytgan, biroq bu holatning mavjudligi siyosatchilar va amaldorlar shirin ichimliklarga narxlarni tartibga solishda hech qanday choralar ko‘rishmagani va bunga harakat ham qilishmaganini ko‘rsatadi. Bizning fikrimizcha, gazli ichimliklarga past narxlar uning iste’molini muqarrar oshiradi hamda semizlik va qand kasalligi global epidemiyasiga qarshi kurashga xalaqit qiladi", deb aytdilar olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»