12:46 / 06.05.2017
10 089

Endi tadbirkorlar hech nimadan qo‘rqmasa ham bo‘ladi

Endi tadbirkorlar hech nimadan qo‘rqmasa ham bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 may kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu farmonga ko‘ra, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga quyidagi huquqlar berildi:

- tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga doir qonun hujjatlari davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan so‘zsiz ijro etilishini o‘rganish;

- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;

- tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;

- tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilish;

- davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborot so‘rash va olish;

- davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq yig‘ilishlarida ishtirok etish;

- zarur bo‘lgan holatlarda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.

Manba: “Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi tadbirkorlar hech nimadan qo‘rqmasa ham bo‘ladi