Xonqalik Jasur Sobirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tish davolash xususiy korxonasi tashkil qilib, 2015 yil 22 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan lisenziya olgan. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
O‘zi “ortopedik stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotlar egaligi, tishi og‘rigan bemorlarga stomatologik xizmat ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lmaganligi tufayli, vrach-stomatolog N.Azizovani go‘yoki xususiy muassasada faoliyat yuritadi, qabilida ko‘rsatish uchun uni rasman ishga olgan va statistik, soliq hisobotlarida bu qayd qilib kelingan. Amalda esa N.Azizova tibbiyot muassasasiga oyda bir yoki ikki marta tashrif buyurardi, xolos. Bemorlarni esa J.Sobirovning o‘zi davolab kelardi.
Xalqimizda “misi chiqdi”, degan ibora bor. Bu soxtalik bir kuni fosh qilinishidan dalolatdir. J.Sobirovning ham vakolati bo‘lmagan, bilimi etmagan faoliyat bilan shug‘ullanishi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Uning huzuriga tashrif buyurgan bemor S.Sapaeva keyinchalik olti oy davomida bosh va tish og‘rig‘idan aziyat chekishga, uzluksiz ravishda og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilishga majbur bo‘ldi. Oxir-oqibat, oliy ma’lumotli vrach-stomatolog huzuriga borganida, shifokor unga tishi umuman yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi, uni faqat sug‘urib tashlash mumkinligini aytdi. Tishini sug‘urib olgach esa, tish ostida igna sinig‘i qolib ketganligini ko‘rgan shifokor unga huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishni tavsiya qildi. Andishaga borib, S.Sapaeva shikoyat yozishni lozim topmadi. Biroq malakali vrach tomonidan yozilgan va taqdim qilingan ambulator xulosalari huquq-tartibot xodimlarini ushbu holatga jiddiy yondashishga undadi. J.Sobirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov jarayonida holat atroflicha o‘rganildi, tahlil qilindi.
Sud hukmi bilan J.Sobirov tegishli jazoga tortildi va muayyan huquqlardan mahrum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»