19:51 / 06.05.2017
8 287

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda oilaviy poliklinikaga kirdi

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda oilaviy poliklinikaga kirdi
Bugun Yashnobod tumanida bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.

Prezident poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytirish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yashnobod tumanidagi 32-oilaviy poliklinika Asalobod, Ma’rifat, Shirinobod, Jo‘rabek, Yassaviy, Boysun mahallalaridagi 27 ming 285 aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bolalar va tug‘ish yoshidagi ayollar, keksalar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Davlat rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi har bir poliklinikaga tez tibbiy yordam mashinalari ajratildi. 32-oilaviy poliklinikada ham tez tibbiy yordam punkti kechayu kunduz ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev poliklinika joylashgan mahalladagi odamlar bilan muloqot qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda oilaviy poliklinikaga kirdi