"Toshkent" telekanalining "Poytaxt-Vaziyat” dasturida Toshkentning 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar ishga tushgan 2017 yil 15 mart kunidan boshlab eng ko‘p qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3 nafar haydovchi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etildi, deb yozdi “Qalampir.uz” sayti.
Unga ko‘ra, Lada 2107 rusumli davlat raqami 01 J278 HA bo‘lgan avtomobil haydovchisi 15 martdan buyon 20 marta chorrahalardagi kameralar e’tiboriga tushgan. U 19 marta belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qilmagan va bir marta svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ketgan. Shu sababli bu haydovchiga 3 145 275 so‘m jarima solinadi.
Undan keyingi o‘rinda borayotgan Spark rusumli davlat raqami 01 T 885 TA bo‘lgan avtomobil haydovchisi 21 marta qoida buzgan. Unga nisbatan jarimalar miqdori 7 039 425 so‘mni tashkil etadi.
Eng ko‘p qoidabuzarlik VAZ 2103 rusumli davlat raqami 10 J 506 FA bo‘lgan avtomobil haydovchisi tomonidan sodir etilgan. U 32 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangani uchun solingan jarima miqdori 9 435 825 so‘mni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»