Kuni kecha O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi taklifiga binoan mashxur velosipedchi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga etib keldi, deb yozadi Hilol.uz. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Abdujabborov 1964 yil 28 fevralda Toshkentda tug‘ilgan.
Professional sportchilik faoliyati davomida velosport olamining eng nufuzli musobaqalari - "Tur de Frans" poygasining 9-bosqichi, Italiyada o‘tkaziladigan "Djiro d' Italiya" musobaqasi 1-bosqichi, "Vuelta"ning 7-bosqichi, Jahon velopoygasi 5-bosqichlarida zafar quchgan.
O‘z vaqtida “Toshkentlik terminator” nomi bilan mashhur bo‘lgan hamyurtimiz shuningdek, nufuzli bir kunlik velopoygalarning ko‘p bora sovrindori, "Tur de Frans" musobaqalarida 1991, 1993, 1994-yillarda ochkolar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 1994-yilgi "Djiro d'Italiya" hamda 1992-yilgi "Vuelta" ko‘pkunlik poygalarida sovrindor bo‘lgan. U o‘z vaqtidan dunyoning velosiped sporti bo‘yicha eng yaxshi sportchilaridan biri bo‘lgan.
Jamoliddin Abdujabborov katta sportdagi faoliyati davomida "Alfa Lyum" (1990), "Karrera" (1991 - 1992), "Lyampre" (1993), "Polti" (1994), "Novelli" (1995), "Refin" (1996), "Lotto" (1997) kabi professional jamoalar tarkibida ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional sportdagi faoliyatini 1997 yilda yakunlagan.
Yurtdoshimiz hozirda ham dunyo velosipedchilari, sport murabbiylari va sport ixlosmandlari o‘rtasida katta obro‘ga ega, hozirda uning murabbiy sifatidagi xizmatlariga dunyoning ko‘pgina davlatlarida qiziqish bor. Uni sportning ushbu turi bo‘yicha etuk analitik mutaxassis sifatida hurmat qilishadi.
Poytaxtimizga uyushtirgan tashrifi davomida Jamoliddin Abdujabborov Milliy olimiya qo‘mitasida ham mehmon bo‘ldi. Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov bilan uchrashuv davomida Abdujabborov O‘zbekistonda velosiped sporti taraqqiyotiga hissa qo‘shish, mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli bolalarni aniqlash, terma jamoalar uchun seleksiya ishlarini kuchaytirish, ularni xalqaro musobaqalarga olib chiqish, bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda velosportni yanada rivojlantirish borasida o‘z yordamini ayamasligi ma’lum qildi.
Shuningdek, bu borada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi bilan bevosita hamkorlik qilish taklifini kiritdi. O‘z navbvatida Oybek Omilovich mashhur sport yulduziga bunday taklif uchun minnatorchilik izhor etib, o‘zaro hamkorlik har tomonlama foydali bo‘lishi va bu eng avvalo yurtimizda velosiped sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»