Eron polisiyasi "Messi"ni hibsga oldi

Eron polisiyasi "Messi"ni hibsga oldi
Tashqi ko‘rinishi "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga juda o‘xshab ketadigan 25 yoshli Rizo Parastesh o‘tgan dam olish kunlari Erondagi Hamadon shahrida jamoat tartibini buzgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, polisiya "eronlik Messi"ni u bilan ko‘plab odamlar suratga tushmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olgan. Shuningdek, qonun himoyachilari Parasteshning avtomobilini ham musodara qilgan.
Eron polisiyasi "Messi"ni hibsga oldi
Eron polisiyasi "Messi"ni hibsga oldi
"Messining egizagi" bir necha oy oldin "Barselona" libosida suratga tushib, sport saytlaridan biriga yuborganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar