Mirobodda transformatorda yong‘in yuz berdi, elektr uzildi

Mirobodda transformatorda yong‘in yuz berdi, elektr uzildi

Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan transformator punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Mirobod tumani Banakotiy ko‘chasidagi 198-uy manzilida joylashgan 23-23-sonli transformator punktida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori kuchlanishli kabelda sodir bo‘lgan qisqa tutashuv oqibatida yong‘in chiqqan.

Hodisa natijasida quvvati 400/6 kV bo‘lgan transformator ishdan chiqqan. Ayni vaqtda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Mas’ullar nosoz holatga kelgan transformator o‘rniga yangi transformator o‘rnatish, elektr tarmog‘ini qayta ishga tushirish hamda iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘liq tiklash bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirmoqda.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotini bugun kechki vaqtga qadar to‘liq tiklash rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar