«Katta Chimyon»da yura olmay qolgan sayyoh qutqarildi

«Katta Chimyon»da yura olmay qolgan sayyoh qutqarildi

Bo‘stonliq tumanidagi «Katta Chimyon» tog‘ida sayr qilayotgan fuqarolardan biri jarohat olib, mustaqil yura olmay qoldi. Unga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari amaliy yordam ko‘rsatdi.

Soat 16:35 da «112» xizmatiga uch nafar fuqaro tog‘ga chiqqan vaqtda ulardan birining oyog‘i lat yegani haqida xabar berilgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan hududga yo‘l olgan va jabrlangan fuqaroni topish uchun qidiruv ishlarini boshlagan.

Unga birinchi zarur yordam ko‘rsatilib, xavfsiz joyga olib tushilgan.

FVV ma’lum qilishicha, fuqaroning hozirgi ahvoli qoniqarli.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar