O‘zbekiston aholisining necha foizi mehnat yoshida?

O‘zbekiston aholisining necha foizi mehnat yoshida?

O‘zbekiston aholisining 21,7 million nafari mehnatga layoqatli yoshda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalarida qayd etilgan.

Mehnat yoshidagi fuqarolar jami aholining 55,7 foizini tashkil qilmoqda. Bu mamlakat demografik tarkibida ishlash yoshidagi aholi salmog‘i yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 12,5 million nafarga teng. Ularning aholi tarkibidagi ulushi 32 foizni tashkil etadi.

Katta yoshdagi aholi soni esa 4,8 million nafar bo‘lib, umumiy ko‘rsatkichning 12,3 foiziga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 39 million 47 ming 321 nafar aholi yashaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar