Tashkent City'da jaziramada dekorativ hovuzga tushib cho‘milgan ikki erkak muhokama markazida! (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent City hududidagi dekorativ basseynga ikki erkak tushib cho‘milayotgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlarda voqea sodir bo‘layotgan paytda Milliy gvardiya xodimlari ularni chetdan kuzatib turgani ham ko‘rinadi.
Video foydalanuvchilar o‘rtasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar dekorativ hovuzlar cho‘milish uchun mo‘ljallanmaganini ta’kidlab, erkaklarning xatti-harakatini tanqid qildi.
Boshqalar esa havo harorati yuqori bo‘lgan paytda ularning bu qarorini tushunish mumkinligini yozdi. Izohlarda xavfsizlik, jamoat tartibi va bunday hududlardan qanday foydalanish kerakligi haqida bahslar ham kuzatildi.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat yoki erkaklarga nisbatan chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…