2017 yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida jami 364 ming 570 AQSh dollari, 11 746 evro, 663 ming 400 Rossiya rubli, 227 ming 198 tenge, 1 mlrd 299 mln va 332 mln so‘mlik boshqa turdagi valyuta mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan. Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Abduraximov Fatxulla Kun.uz sayti so‘rovi bo‘yicha shu ma’lumotlarni taqdim etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 4 oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan jami 177ta holat aniqlangan. Ulardan 31tasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 146tasi bo‘yicha ma’muriy-huquqbuzarlik sodir etgani uchun materiallar to‘planib, sudga yuborilgan.
Foto: kun.uz
Xususan, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro A.ning arizasiga, asosan, Shayxontoxur tumanida joylashgan “Fleshka” savdo markazida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Doimiy ravishda noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan R. va N. ismli shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro A.ga har bir AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7700 so‘mdan hisoblab, 5 ming 200 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtda Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Ularning yonidan 16 ming AQSh dollari, 10 ming 220 evro, 1010 Angliya funt sterlingi, 440 ming 800 Rossiya rubli ashyoviy alil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»