13:14 / 12.05.2017
6 988

Benzinni ustama narx qo‘yib sotayotganlar qo‘lga tushdi

Benzinni ustama narx qo‘yib sotayotganlar qo‘lga tushdi
Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Ishonch telefon»lariga bir haftada 228 ta murojaat Davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefonlari» orqali o‘tgan hafta davomida (26 apreldan 2 mayga qadar) jami 228 ta, shundan 17 ta yuridik va 211 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob «Terminal» apparatlari ishlatilmayotganligi, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan, deb yozadi Hordiq.uz.

Jumladan, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining «Ishonch telefoni»ga viloyat hududidagi ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh)larida yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining sun’iy ravishda etishmovchiligini yuzaga keltirish, yoqilg‘ilarni noqonuniy ravishda va nostandart idishlarda sotish, nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, to‘lov terminali orqali hisob-kitob qilinganda ustama narx qo‘yib sotish hamda shoxobchada benzin mahsuloti bo‘lsada, sotishdan bosh tortish yoki rad qilish holatlari haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat asosida viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro tumani Shergiron qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Qutisos» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli AYoQShda o‘tkazilgan tekshirishda haqiqatan ham AYoQSh operatori A.Muqumov tomonidan xaridorga 8,6 litr benzin mahsulotining har litrini 3300 so‘mdan 28 ming so‘mga, ya’ni har bir litr benzin narxiga 500 so‘mdan ustama narx qo‘yib sotilayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, u xaridorga shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining xarid chekini ham bermagan.
Shoxobchada o‘rnatilgan nazorat-kassa mashinasining kunlik hisoboti bilan shoxobcha kassasidagi tushum solishtirilganda jami 3 million 165 ming so‘m kunlik naqd savdo pullari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Benzinni ustama narx qo‘yib sotayotganlar qo‘lga tushdi