22:25 / 14.05.2017
9 431

“Ko‘k kit” asoschisi: “Qurbonlar – biologik chiqindi”

“Ko‘k kit” asoschisi: “Qurbonlar – biologik chiqindi”
MDH davlatlari yoshlari orasida keng yoyilgan va ularni joniga qasd qilishga undovchi “Ko‘k kit” o‘yini asoschisi sudda o‘z jinoyatiga iqror bo‘ldi.
2016 yilning noyabrida qo‘lga olingan 21 yoshli Rossiya fuqarosi Filipp Budeykin oxirgi sud majlisida jamoatchilik orasida tozalash ishlari olib borganini aytib, qurbonlarini “biologik chiqindilar” deb atadi.

Suratda Filipp Budeykin
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qamoqxonada ushlab turilgan Budeykin 16 nafar yosh qizlarni ushbu yo‘l bilan o‘z joniga qasd qilishga undashlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 50 kunga taqsimlangan, turli vazifalardan tashkil topgan “o‘yinda” yoshlarga o‘ziga ozor etkazish, qo‘rqinchli film tomosha qilish, tun yarmida uyg‘onish kabi ko‘rsatmalar beriladi. So‘nggi vazifa o‘laroq esa o‘z joniga qasd qilish talab qilinadi.

Manba: Hilol.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ko‘k kit” asoschisi: “Qurbonlar – biologik chiqindi”