Joriy yilning 6-13 may kunlari oralig‘ida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Gold Air Travel mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Malibu rusumli transport vositasi haydovchisi o‘z boshqaruvidagi avtomashinada jami 17 marotaba yo‘l harakati qoidasini buzgan, deb yozadi Qalampir.uz.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, ushbu qoidabuzarliklarning 16 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 1 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham 8 million 87 ming 850 so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, Yunusobod tumanidagi Bilol Myagkaya krovlya korxonasiga tegishli Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi qoidabuzarliklari tufayli 13 marta kuzatuv kameralarida qayd etilgan. U 11 marta tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan, 2 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmagan. Umumiy jarima miqdori esa 2 million 845 ming 725 so‘mni tashkil etgan.
Toshkent shahar hokimligining Ma’muriy binolardan foydalanish direksiyasiga tegishli Epica rusumli avtoulov haydovchisi mazkur transport vositasini boshqarayotib, 12 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Haydovchi chorrahalarda svetoforning qizil chirog‘idan 7 marta o‘tib ketgan. Qoidabuzarliklar uchun 2 million 845 ming 725 so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Olmazor tumanidagi Orange taxi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Nexia rusumli avtomobil haydovchisi kuzatuv kameralari ishga tushganidan buyon 11 marta qoidabuzarliklar sodir etgan. Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori 2 million 96 ming 850 so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, Sergeli tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Global Building Machinery korxonasining Malibu rusumli avtomashina haydovchisi 9 marta kuzatuv kameralariga tushgan. Unga 2 million 695 ming 950 so‘mlik jarima solingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»