
Angliyaning Manchester shahridagi sayyohlik agentligi rahbari xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida ularning ofisini sharchalar bilan to‘ldirdi, deb xabar berdi xorij manbasiga asosan Darakchi.uz nashri.
Manchester shahridagi Invasion Li Maketir (Lee McAteer) sayyohlik agentligining 32 yoshli rahbari xodimlarining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida kompani ofisini har xil rangli sharchalar bilan to‘ldirdi.
Firma direktorining ma’lumot berishicha, u jamoasidagi xodimlarini hayratlantirishni xush ko‘radi: “Men xodimlarimni og‘ir ish kunidan keyin kayfiyatlarini ko‘tarish , ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ofisni sharchalar bilan to‘ldirishni buyurdim”. Ish kuni boshlanishidan ilgari tungi uchdan ertalabki sakkizga qadar ofisga 250 ming dona sharchalar keltirildi. Maketirning ma’lumot berishicha, ishga kelgan xodimlar ko‘zlariga ishonmagan.
Maketir bundan tashqari, mukofot tariqasida xodimlarini sayohatlarga olib chiqadi. Ular birgalikla Disneylendda, AQShda va Tailandda dam olishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar