Itni Damas'ga bog‘lab sudragan haydovchi javobgarlikka tortiladi

Itni Damas'ga bog‘lab sudragan haydovchi javobgarlikka tortiladi

24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida jamoatchilik e’tiborini tortgan ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Qamashi tumanining “Quyi yangi” mahallasida yashovchi T.D. ismli fuqaro o‘zining Damas rusumli avtomobilida “Qarshi-Shahrisabz” yo‘lida ketayotib, yo‘l chetida o‘lib yotgan itga ko‘zi tushgan. U jasadni olib ketish maqsadida mashinaning orqa qismiga bog‘lab, sudragancha harakatini davom ettirgan.

Ushbu shafqatsiz ko‘ringan holat ortidan kelayotgan Nexia-3 avtomobili haydovchisi va yo‘lovchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Guvohlar Damas'ni to‘xtatib, fuqaro T.D. bilan gaplashishgan va vaziyatga oydinlik kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar