Toshkentda mast holatdagi ayol avtobus g‘ildiraklari ostiga yotib oldi

Toshkent shahridagi “Kadisheva” bozori atrofida mast holatdagi 50 yoshli ayol harakatlanayotgan avtobus tagiga yotib olib, yo‘lda tirbandlik keltirib chiqardi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa 25 iyul kuni ertalabki soat 08:00 atrofida yuz bergan. Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida 1976 yilda tug‘ilgan Ye.A. spirtli ichimlik ta’sirida qatnov qismiga yotib olgan. Tasvirlarda ayolning yo‘l o‘rtasida yotgani, jamoat transporti esa bir oz to‘xtab, so‘ng ortga harakatlanib, uni aylanib o‘tganini ko‘rish mumkin.
Huquq-tartibot organlari xodimlari fuqaro bilan muloqot qilganda uning mastligi tasdiqlangan. Shundan so‘ng, u militsiya va tibbiyot xodimlari hamrohligida 4-son shahar klinik shifoxonasi qoshidagi hushyorxonaga joylashtirildi.
Hozirda ushbu voqea yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…