Tanzila Narbayeva 69 yoshni qarshi oldi

Tanzila Narbayeva 69 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Kamolovna Narbayeva 24 iyul kuni o‘z tavallud ayyomini nishonladi. 1957 yil 24 iyul kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan Senati raisi kecha 69 yoshni qarshiladi.

Ayni shu kuni Prezident farmoni bilan Tanzila Narbayeva davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, parlament faoliyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi uchun «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Tanzila Narbayeva 2019 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Zamin.uz tahririyati nomidan Tanzila Kamolovna Narbayevani tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar