Voyaga yetmagan farzand onasi tarbiyasiga olib berildi

Voyaga yetmagan farzand onasi tarbiyasiga olib berildi

Qo‘shko‘pir tumani “Yangilik” mahallasida yashovchi fuqaro J.I. oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i I.N.ning uyidan ketishga majbur bo‘lgan.
Biroq voyaga yetmagan 2023 yilda tug‘ilgan farzandi B.O.ni o‘zi bilan olib ketaolmagach, sudga murojaat qilgan.

Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan B.O. javobgar I.N.ning tarbiyasidan da’vogar J.I. tarbiyasiga olib berish haqidagi ijro hujjati joriy yilning 17 iyun kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar I.N. voyaga yetmagan farzandining onasiga ihtiyoriy ravishda topshirishi to‘g‘risida bir necha bora ogohlantirilgan.

Lekin, javobgar I.N. farzandini onasiga berishdan bosh tortganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 20 iyul kuni MFY vakillari hamkorligida va holislar ishtirokida voyaga yetmagan bolani onasi tarbiyasiga olib berilishi ta’minlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar