Qashqadaryoda itni transportga bog‘lab sudrashdi

Qashqadaryoda  itni transportga bog‘lab sudrashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida itga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan yana bir video keng tarqaldi. Tasvirlarda ikki nafar yigit itni "Muravey" rusumidagi motorollerga bog‘lab, yo‘l bo‘ylab sudrab ketayotgani ko‘rinadi.

Videoning dastlabki lavhalarida it transport ortidan yugurishga urinadi. Biroq keyingi kadrlarda hayvonning qimirlamayotganiga qaramay, uni asfalt bo‘ylab sudrash davom ettirilgani aks etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Hozircha mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rasmiy munosabat bildirmagan. Ayrim foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, video taxminan bir yil avval tasvirga olingan bo‘lsa-da, unda aks etgan shaxslar hanuz javobgarlikka tortilmagan. Shu bois internet foydalanuvchilari mas’ul idoralardan holatga huquqiy baho berishni so‘ramoqda.

Mototsikl ortiga bog‘langan qora sigir yo‘lda sudralib ketmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar